Mamlakatning ko‘p hududlarida bugun beqaror ob-havo kuzatiladi, yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, ba‘zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Biroq, dam olish kunlarida yog‘inlar to‘xtaydi va havo harorati oshadi.

Uzgidromet ma’lumotiga ko‘ra, bugun kunduzi O‘zbekistonning aksariyat viloyatlarida beqaror ob-havo saqlanib qoladi, yomg‘ir yog‘adi, alohida tumanlarda kuchli bo‘lishi mumkin. Faqat shimoli-g‘arbiy hududlarda yog‘in kutilmaydi.

14 fevralga o‘tar kechasi yog‘in zonasi sharqqa siljiydi, yomg‘ir faqat markaziy, sharqiy tumanlar va eng janubiy qismlarda saqlanib qoladi.

Shanba, 14 fevral va yakshanba, 15 fevral kunlari butun respublikada yog‘insiz ob-havo kutilmoqda. Kunduzgi harorat oshadi: bugun — 10-15°, yakshanbaga kelib — 17-22°, kechasi — 5-10°.

Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda tuman bo‘lishi mumkin. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel oqimlari va qor ko‘chkilarining xavfi saqlanib qolmoqda.

Toshkent shahrida bugun kunduzning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi, harorat 10-12°. Shanba kuni kechasi va ertalab yomg‘ir, kunduzi yog‘insiz. Yakshanba kuni yog‘insiz, kunduzgi harorat 17-20°, kechasi 6-9°. Sharqiy shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, tuman bo‘lishi mumkin.

Source: kun.uz