Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi yig‘ilishda uyushma rahbariyatining faoliyati yangi tashabbuslar yo‘qligi va sohadagi qoniqarsiz ko‘rsatkichlar uchun tanqid qilindi.

Iqtisodiy o‘sish sur’atlarini oshirish bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda "Uzcharmsanoat" rahbariyatining soha rivojiga yangi yondashuvlar kiritmaganligi va joylarda samarali ishlamaganligi ta’kidlandi. Shu sababli, uyushma raisi Akbar Sultonovni lavozimidan ozod etish buyurildi.

Ma’lum qilinishicha, 972 ta poyabzal ishlab chiqarish korxonalaridan 378 tasi faoliyatini to‘xtatgan, yana 120 tasi o‘z quvvatlarining yarmidan kamini ishlatmoqda. Kalıplar, bog‘ichlar va aksessuarlar kabi yo‘nalishlarda importga qaramlik saqlanib turmoqda.

Natijada, o‘tgan yil yakunida e’lon qilingan 250 million dollarlik eksportning hatto 40% ham ta’minlanmagan. Joriy yil uchun ishlab chiqarish va eksport rejasi ham qoniqarsiz deb topildi.

Akbar Sultonov 2024-yil noyabr oyida uyushma raisi etib tayinlangan edi.

Source: kun.uz