Misrning Nile Sugar kompaniyasi joriy yilning mart oyidan boshlab Jizzax viloyatida shakar lavlagi yetishtirish va qayta ishlash loyihasini amalga oshirishni boshlaydi. Loyiha yiliga 200 ming tonnagacha shakar ishlab chiqarishni nazarda tutadi. Umumiy investitsiya hajmi 450 million AQSh dollarini tashkil etib, to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar shaklida amalga oshiriladi.

Loyihani amalga oshirish uchun Jizzax viloyatining Gallaorol va Farish tumanlarida shakar lavlagi yetishtirish uchun 50 ming gektar, shakar zavodi qurish uchun esa 170 gektar yer ajratilgan.

Kelishuvlarni amalga oshirish O'zbekistonga zamonaviy agrosanoat va qayta ishlash texnologiyalarini jalb qilish, mahsulot ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va ichki bozorni mahalliy shakar mahsulotlari bilan barqaror ta'minlash imkonini beradi.

Foto: angrenshakar.uz

Source: kun.uz