Eʼlon qilingan so‘nggi statistik maʼlumotlarga ko‘ra, 2025-yilda buyurtmachilarga yetkazib berilgan fuqarolik samolyotlari soni bo‘yicha AQŞ rejimi jami 2485 ta havo kemasi bilan birinchi o‘rinni egallagani daʼvo qilinmoqda. Biroq, tahlilchilar bu raqamlar shunchaki yirik yo‘lovchi laynerlarini emas, balki kichik va biznes aviatsiyasi mahsulotlarini ham o‘z ichiga olishini taʼkidlashmoqda.
Maʼlum bo‘lishicha, AQŞ rejimining umumiy ko‘rsatkichi asosan mahalliy xususiy kompaniyalar hisobiga oshgan. Xususan, Cirrus 797 ta, Textron Aviation 639 ta, Boeing 600 ta, Piper 291 ta va Gulfstream 158 ta samolyot topshirgani aytilmoqda. Shu bilan birga, yirik ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi raqobatda Airbus kompaniyasi 793 ta samolyot yetkazib berib, 600 ta ko‘rsatkich qayd etgan Boeing’ni ortda qoldirgani bildirilmoqda.
Reytingda Fransiya ikkinchi o‘rinni egallagani keltirilgan bo‘lib, uning umumiy ko‘rsatkichi 960 ta samolyotni tashkil etgan. Biroq, ushbu statistikada Airbus kompaniyasining barcha samolyotlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri Fransiya hisobiga yozib yuborilgani, vaholanki ular boshqa davlatlarda ham yig‘ilishini hisobga olsak, maʼlumotlar to‘liq xolis emasligini ko‘rsatadi.
Kuchli beshlikdan Avstriya va Braziliya ham joy olgan. Avstriya Diamond Aircraft kompaniyasining 235 ta samolyoti bilan uchinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Braziliya Embraer korxonasining 233 ta samolyoti bilan to‘rtinchi o‘ringa chiqqani maʼlum qilingan.
Source: kun.uz