Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

1995-yil noyabr oyida Tel-Avivda Falastin bilan tinçlik jarayonini qöllab-quvvatlaş maqsadida taşkil etilgan miting vaqtida Isroil boş vaziri Işoq Rabin otib öldirilgani Isroil tarixidagi eng qora sahifalardan biriga aylandi. Öşanda Isroil rejimi Falastinni mustaqil davlat sifatida tan olişga juda yaqin kelgani va bunda Rabinning xizmatlari katta bo‘lgani aytiladi. Afsuski, siyosatçining bu saʼy-harakatlari mamlakatdagi radikal qaraşlarga ega bölgan doiralarga yoqmagani sababli, boş vazir suiqasd qurboni bo‘ldi.

Isroilning Falastin xalqiga qarşi boşlagan tajovuzlari 1948-yildan buyon davom etib kelayotgani taʼkidlanadi. Öşandan buyon yahudiy davlati BMT rezolyutsiyasi bilan taşkil etilgan arab davlatini tan olmay, Falastin yerlarini muttasil tarzda egallab kelishda davom etmoqda. Ötgan yillar mobaynida Isroil harbiylari tomonidan yuz minglab falastinlik tinç aholi vakillari uylaridan quvildi va o‘ldirildi, bu esa mintaqadagi doimiy tanglikning asosiy sabablaridan biridir.

Biroq tarixdagi baʼzi davrlarda mojaroni tinç yōl bilan hal etish imkoniyatlari bo‘lgani ham esga olinadi. 1990-yillar boşida Isroilni boşqargan Işoq Rabin Falastin rahbari Yosir Arofat bilan muzokaralar ötkazib, tarixiy tinçlik bitimlarini imzolagandi. Biroq bu qadam Isroildagi ayrim radikallarga yoqmay, ular Işoq Rabinni yöq qiliş payiga tushgan va oxir-oqibat o‘z maqsadiga erishgan.

Harbiy tuzilmalardan katta siyosatgacha bo‘lgan yōlni bosib o‘tgan Işoq Rabin 1922-yilda tuğilgan. 1941-yilda yahudiylar tomonidan taşkil etilgan «Palmax» harbiy tuzilmasi safiga qo‘shilgan Rabin, 1948-yilgi arab-Isroil uruşida faol qatnashgan. U keyinchalik harbiy xizmatni davom ettirib, 1964-yilda ştab boşliği bo‘ldi va 1967-yilgi Olti kunlik uruşda muhim vazifalarni bajardi.

1968-yilda general unvonini olib harbiy xizmatni tark etgan Rabin siyosiy faoliyatini boşlab, beş yil davomida Isroilning AQŞdagi elçisi bo‘lib ishladi. 1974-yilda Isroil boş vaziri lavozimini egallab, mamlakatni 1977-yilgacha boshqargan. Keyinchalik turli vazirliklarda, jumladan, 1984–1990-yillarda Isroil mudofaa vaziri lavozimida faoliyat yuritib, 1992-yilda ikkinchi bor boş vazir lavozimiga saylangan.

Source: kun.uz