Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Turkiyaning mashhur sayyohlik maskanlaridan biri bo‘lgan Kapadokiyadagi Go‘reme qishlog‘ida kutilmagan fojia yuz berdi. Hududda joylashgan va "tosh ustun" sifatida tanilgan qadimiy qoyatosh tuzilmasi qulab tushdi. Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, hodisa oqibatida qurbon bo‘lganlar va tan jarohati olganlar mavjud bo‘lib, uch kishi shifoxonalarga yetkazilgan.

Favqulodda hodisa ro‘y bergan zahoti voqea joyiga qutqaruvchilar, tezkor xizmat xodimlari, politsiya hamda jandarmeriya kuchlari safarbar etildi. Qidiruv-qutqaruv amaliyotlariga Turkiya rejimi tasarrufidagi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (AFAD) va milliy tibbiy qutqaruv guruhlari (UMKE) ham jalb qilingan. Hududda vaziyatni muvofiqlashtirish maqsadida maxsus tezkor shtab tuzildi.

Mahalliy ommaviy axborot vositalari, xususan, Milliyet nashrining xabar berishicha, ulkan tosh parchalari va vayronalar ostida yana qurbonlar qolib ketgan bo‘lishi mumkin. Qutqaruv brigadalari vayronalarni tozalash va ehtimoliy tirik qolganlarni qidirish ishlarini davom ettirmoqda. Qayd etilishicha, Nevshehir viloyati gubernatori Husayn Ko‘k ham hodisa joyiga yetib borib, olib borilayotgan ishlarni shaxsan ko‘zdan kechirgan.

Hozircha halok bo‘lganlar va jabrlanganlarning shaxsi hamda fuqaroligi to‘liq ochiqlanmagan. Ular orasida O‘zbekiston fuqarolarining bor yoki yo‘qligi haqida rasmiy ma’lumot berilmadi. Qayd etish joizki, so‘nggi kunlarda Turkiyada tabiiy ofatlar bilan bog‘liq xavflar ortgan bo‘lib, bundan avvalroq Antalyadagi qurilish maydonchasida yuz bergan kuchli quyun ikkita turar joy konteynerini butunlay vayron qilgan edi.

Source: podrobno.uz