Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Rossiya yetakchisi Vladimir Putin Rossiya-Afrika forumidan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida Yevropa davlatlari va uning ortida turgan Yevropa rejimi bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan harbiy to‘qnashuvlar xususida fikr bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, basharti Rossiya va Yevropa o‘rtasida harbiy mojaro kelib chiqqan taqdirda, bundan hech kim g‘olib bo‘lib chiqmaydi va bu holat barcha tomonlar uchun halokatli oqibatlarga olib kelishi muqarrar.

Rossiya prezidenti go‘yoki 2030-yilga qadar urushga tayyorgarlik ko‘rish zarurligi haqidagi G‘arb iddaolariga to‘xtalib o‘tdi. Uning ta’kidlashicha, bunday bayonotlarning qanchalik asosli ekani boshqa masala, biroq Rossiya har qanday ssenariyga tayyor. Shu bilan birga, Putin Rossiya tomoni Yevropa rejimi bilan hech qanday harbiy qarama-qarshilikni xohlamasligini, biroq kimdir haqiqatan ham urushni istasa, bunga tayyorgarlik ko‘raverishini taxmin qildi.

Shuningdek, Putin G‘arb rejimi o‘z oldiga qo‘ygan Rossiyaga strategik mag‘lubiyat yetkazish vazifasini bajara olmaganini va kelgusida ham bu maqsadga erishishi dargumon ekanini qayd etdi. Uning fikricha, vaziyat haddan tashqari keskinlashib ketgan taqdirda mutlaqo g‘oliblar bo‘lmaydi va bu haqiqatni hech kim esdan chiqarmasligi lozim.

Yakunda Rossiya rahbari mamlakatda Birinchi va Ikkinchi jahon urushlaridan olingan qimmatli saboqlar hamon unutmaganini, tarixiy xatolar takrorlanishining oldini olish uchun barcha zaruriy choralar ko‘rilayotganini qo‘shimcha qildi.

Source: kun.uz