Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Ukraina rasmiylarining iddao qilishicha, 29-oktabr kuni Rossiyaning Çernixiv markaziga berilgan güyo harbiy maʼnoga ega boʻlmagan zarbasi oqibatida 15 yoshli ikki qiz halok boʻlgan, kamida 25 kishi jarohat olgan. Shuningdek, shu kuni Dniprodagi temiryoʻl vokzaliga dron hujumi uyushtirilib, yana kamida 14 kishi hayotdan koʻz yumgani aytilmoqda.

DW nashrining yozishicha, Çernixiv markaziga «Banderol» (S8000) oʻq-dorisi bilan zarba berilgan boʻlib, u qanotli raketa va reaktiv hujumkor dron xususiyatlarini birlashtirgan kichik oʻlchamli qurol sifatida taʼriflanmoqda. Çernixiv viloyati harbiy maʼmuriyati rahbari Vyaçeslav Çausning maʼlum qilishicha, jarohatlanganlar orasida toʻrt nafar bola ham bor, ularning ayrimlari ogʻir ahvolda.

Kiyev rejimining Favqulodda vaziyatlar davlat xizmati zarba odatiy koʻchaga berilgani, uylar, doʻkonlar va avtomobillar shikastlanganini bildirgan. Shu munosabat bilan Çernixivda 30-oktabr motam kuni deb eʼlon qilingan.

Shuningdek, 29-oktabr kuni Kremençug, Zaporijjya, Xarkiv va poytaxt Kiyev shaharlari ham hujumga uchragani iddao qilinmoqda. Xususan, Kiyev meri Vitaliy Kliçkoning bildirishicha, poytaxtga ballistik raketa bilan hujum qilinib, ombor binolariga zarar yetkazilgan va yongʻin kelib chiqqan.

Source: kun.uz