Polsha prezidenti mamlakatdagi oliy konstitutsiyaviy sud mustaqilligi bo'quvicha kelishmovchiliklar chuqurlashib borayotgan bir sharoitda siyosiy yetakchilar bilan inqirozli muzokaralarni o'tkazdi. Millatchi, o'ta o'ngchi va hukmron koalitsiyadagi ayrim partiyalar vakillari shanba kuni prezident saroyida yig'ilishgan bo'lsa-da, bosh vazir Donald Tuskning markazchi “Fuqarolik koalitsiyasi” partiyasi mazkur uchrashuvni boykot qildi. Prezident Karol Navrotskiy Konstitutsiyaviy tribunal rahbari Bogdan Svestkovskiyning juma kuni to'satdan lavozimidan chetlatilishi mamlakat ichki xavfsizligiga tahdid solishini vaj qilib, shoshilinch maslahatlashuvlar chaqirganini ma'lum qildi. Biroq, shanba kunidan keyin ham tomonlar o'rtasida hech qanday yutuqqa erishilmadi.
Shu bilan birga, yevropaparast Polsha rejimi bosh vaziri Donald Tusk inqiroz bo'yicha qilgan shanba oqshomidagi nutqida konservativ millatchi muholifat yetakchilarini demokratiya hamda qonun ustuvorligini yo'q qilishga urinishda aybladi. Tuskning so'zlariga ko'ra, go'yo yillar davomida Polshada demokratiya asoslarini barbod qilmoqchi bo'lgan tashkilotlar faoliyat yuritib kelmoqda. O'ng qanotdagi “Huquq va adolat” (PiS) partiyasining tarafdorlari esa shanba kuni sud binosi tashqarisiga yig'ilib, PiS tarafdori bo'lgan sudyalarni qo'llab-quvvatlash maqsadida bir necha haftadan beri davom etib kelayotgan norozilik namoyishlarini yanada davom ettirdilar.
Konstitutsiyaviy tribunal Polshaning konstitutsiyaviy masalalarni hal qiluvchi eng yuqori sudi hisoblanib, u yillar davomida sud tizimining siyosiylashuvi bilan bog'liq mojarolar markazida qolib kelmoqda. Tusk va uning Yevropa Ittifoqiga yon bosuvchi sheriklarining asosiy e'tirozi shundan iborat ediki, sudning PiS bilan bog'langan sudyalari Yevropa Ittifoqi qonunchiligidan ko'ra asosan milliy qonunchilik foydasiga qarorlar chiqarib kelgan. Yevropa Komissiyasi shanba kuni Navrotskidan inqiroz markazidagi yangi sudyalarning nomzodlarini qabul qilishni talab qilgan bo'lsa, Amerika rejimi elchisi Tom Rouz barcha tomonlarni vazminlikka chaqirib, yuzaga kelishi mumkin bo'lgan jiddiy qarama-qarshiliklardan ogohlantirdi.
Source: www.aljazeera.com