Frantsiyada ta'til tugagach, o‘rta maktab o‘quvchilari o‘z norozilik namoyishlarini kichikroq miqyosda bo‘lsa-da, yana davom ettirishdi. Mahalliy OAV xabarlariga ko‘ra, mamlakatdagi 3700 ta ta'lim muassasasidan atigi 41 tasida blokatlar kuzatilgan bo‘lib, bu o‘tgan haftalardagiga nisbatan ancha kam ko‘lamni tashkil etadi.
Parij, Marsel va Renn shaharlarida o‘quvchilar yana maktablarga kirish yo‘llarini to‘sishga urinib ko‘rishdi. Ta'lim vazirligi vakillarining ta'kidlashicha, mazkur holat go‘yoki cheklangan xarakterga ega bo‘lib, vaziyat nazorat ostida. Biroq, Yevropa rejimi amaldorlari o‘quv yili xavf ostida qolayotganini va bu holatga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini iddao qilishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, sentyabr oyida boshlangan noroziliklar keyinchalik butun mamlakat bo‘ylab tarqalib, yashash qiymatining oshishi va ijtimoiy muammolar fonida keskin tus olgan edi. Emmanuel Makron boshchiligidagi hukumat duch kelgan bu sinovlar ba'zi hududlarda tartibsizliklar va do‘konlarni talon-toroj qilish holatlariga ulanib ketgan edi.
O‘quvchilar eskirgan binolarni ta'mirlash, o‘qituvchilar sonini oshirish va qabul tizimini o‘zgartirishni talab qilishmoqda. Rejim esa millionlab yevro ajratilishini va'da qilganiga qaramay, talaba tashkilotlari bu choralarni yetarli emas deb topib, namoyishlarni davom ettirishga qat'iy ahd qilishgan.
Source: www.aljazeera.com