Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

AQShda DV-2027 Green Card lotereyasi uchun roʻyxatga olish jarayonining qachon boshlanishi hanuzgacha nomaʼlumligicha qolmoqda. Apellyatsiya sudi Davlat departamentini roʻyxatga olishni tiklashga majbur qilgan avvalgi qaror ijrosini toʻxtatib qoʻydi, deb yozadi Bloomberg Law nashri.

Shu tariqa, AQSh rejimi immigratsiya darajasi nisbatan past boʻlgan davlatlar fuqarolariga har yili 55 mingtagacha viza olish imkoniyatini beruvchi dasturda ishtirok etish uchun roʻyxatga olish jarayonini boshlashga hozircha majbur emas. Bu haqda AQSh Apellyatsiya sudi chiqarib yuborgan navbatdagi bahsli qarorida aytiladi.

Eslatib oʻtamiz, 14-oktabr kuni Kaliforniya Janubiy okrugi sudi Davlat departamentiga Green Card boʻyicha roʻyxatga olish sanalarini 29-oktabrgacha eʼlon qilish, arizalarni qabul qilishni 1-noyabrdan kechiktirmay boshlash majburiyatini yuklagan edi. Biroq AQSh rejimi ushbu qaror ustidan darhol apellyatsiya berib, oʻzining byurokratik vajlarini oʻtkazishga erishdi.

Uch nafar sudyadan iborat apellyatsiya hayʼati hukumatning shoshilinch iltimosnomasini qanoatlantirib, quyi sud qarori ijrosini vaqtincha toʻxtatdi. Sudyalar Davlat departamentiga qarshi daʼvo kiritgan «Red Eagle Law LC» immigratsiya yuridik firmasida bunday talab qoʻyish uchun huquqiy asoslar yetarli emas, deb topib, millionlab talabgorlar taqdirini yana bir bor mavhumlikka solib qoʻydi.

Source: kun.uz