Iordaniya qiroli Abdulloh II mamlakat janubidagi Qarak shahrida sodir etilgan qonli hujum qirolik barqarorligini aslo silkitolmasligini qat'iy ta'kidladi. Amman shahrida parlamentning yangi sessiyasini ochib berar ekan, monarx bu kabi jinoyatlarni «terrorizmning xiyonatkorona qo'li» deb atab, xalqning irodasini sinovdan o'tkazishga urinishlar hech qachon muvaffaqiyat qozonmasligini bildirdi.
O'tgan oy sodir etilgan va to'qqiz kishining o'mri zoye bo'lishiga, o'nlab fuqarolarning jarohat olishiga sabab bo'lgan voqea munosabati bilan yig'ilganlar bir daqiqalik sukut saqlashdi. Qirol Abdullohning so'zlariga ko'ra, bunday buzg'unchi kuchlarning jamiyatda o'rni yo'q va bo'lmaydi ham, mamlakat esa xavfsizlik xizmatlari hamda armiya orqali terrorizmga qarshi qat'iy kurash olib boradi.
Shuningdek, chiqish davomida mintaqadagi keskin vaziyat, xususan, Israyil rejmining siyosati ham keskin tanqid ostiga olindi. Qirol Abdulloh Israyilning ekspansionistik niyatlari Yaqin Sharq kelajagi va xavfsizligiga eng katta tahdid solayotganini da'vo qilib, G'azodagi gumanitar fojia va G'arbiy Sohildagi hujumlar davom etayotganidan xavotir bildirdi. Shu bilan birga, suv xavfsizligi masalasiga ham to'xtalib, mamlakat suvi hech qanday tashqi kuchlar garoviga aylantirilmasliginiqayd etdi.
Source: www.aljazeera.com