Blogerlikdan boksga o'tgan Jeyk Pol sobiq jahon chempioni Entoni Joshuadan qattiq mag'lubiyat uchratib, jag'i sinib ketganidan bir yil o'tib yana professional ringga qaytishga hozirlik ko'rmoqda. Uning so'zlariga ko'ra, u 29 yoshida Dubay shahrida aralash yakkakurashlar (MMA) yulduzi Sedrik Dumbega qarshi ringga chiqadi. Polning promouterlik kompaniyasi bu voqeani «professional tarzda tasdiqlangan sakkiz raundlik birinchi og'ir vazn toifasidagi jang» deb atamoqda.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yilning dekabr oyida Mayamida bo'lib o'tgan bahsda Entoni Joshua Polni oltinchi raundda nokautga uchratgan edi. O'shanda amerikalik bloger og'ir jarohat olib, jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgan va Buning natijasida Butunjahon boks assotsiatsiyasining (WBA) birinchi og'ir vazn reytingidan tushib ketgan edi.
2020 yildan beri davom etib kelayotgan professional boks faoliyati davomida Pol asosan 200 funt (90.7 kg) vazn toifasida jang qilib keladi. U o'tkazgan 14 ta jangining 12 tasida g'alaba qozongani iddao qilinadi, biroq bu g'alabalarning aksariyati shubhali va jamoatchilikda ko'plab savollar tug'dirgan. Jumladan, uning 2024 yilda 58 yoshli Mayk Tayson ustidan qozongan g'alabasi ham keskin bahs-munozaralarga sabab bo'lgan edi.
Uning bo'lg'usi raqibi Sedrik Dumbe Kamerunda tug'ilgan fransuz bo'lib, o'tmishda kikboksing bo'yicha jahon chempioni bo'lgan va hozirda MMA jangchisi sifatida faoliyat yuritadi. Ushbu uchrashuv yana bir bor shou-biznes va sportning aralashib ketgani hamda moliyaviy manfaatlar sport tamoyillaridan ustun qo'yilayotganidan dalolat beradi.
Source: www.aljazeera.com