Xitoy hukumati mintaqadagi keskinlashuv va mojarlar ortidan Yaqin Sharq yo‘nalishidagi diplomatik harakatlarini sezilarli darajada kuchaytirishga kirishdi. Ma'lum qilinishicha, Pekin avvalgi oylarda kuzatilgan ma'lum bir turg‘unlikdan so‘ng o‘z faolligini qayta tiklamoqda va mintaqaviy jarayonlarga faolroq aralashish niyatida.
Shu fonda tashqi ishlar vaziri Van I dushanba kuni Pekinda Eron Oliy milliy xavfsizlik kengashining yuqori martabali mulozimi Ali Bag‘eriy Kaniy bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muzokaralar chog‘ida Eron rasmiylari bilan muloqot va muzokara olib borish yagona to‘g‘ri yo‘l ekanligi ta'kidlanib, mojaroning kengayib ketish xavfi mavjudligi bildirildi.
Shu bilan birga, Xitoy tomoni Eronning suvereniteti va xavfsizligini qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor tasdiqladi. Biroq, tahlilchilarning fikricha, AQSh rejimi va Isroil harakatlari tufayli kelib chiqqan inqiroz Pekinning iqtisodiy manfaatlariga va energetika xavfsizligiga jiddiy tahdid solmoqda, bu esa mamlakatni shoshilinch choralar ko‘rishga majbur qilmoqda.
Xitoy Tashqi ishlar vazirligi maxsus elchisi Chjay Jun yaqin kunlarda Eron, Ummon va Saudiya Arabistoniga safar uyushtirishi e'lon qilindi. Shuningdek, Xitoy rahbari Si Szinpin Ummon sultoni Haysam bin Toriqni qabul qilib, mamlakatlar o‘rtasida strategik hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha o‘nlab hujjatlarni imzoladi.
Source: www.aljazeera.com