Isroil rejimi kuchlari seshanba kuni tongda bosib olingan G‘arbiy Sohil hududida joylashgan Dura shahrida Al Jazeera telekanalining arab tilidagi bo‘limi muxbiri Montaser Nassarni o‘z uyida o‘tkazilgan reyd davomida qo‘lga oldi. Ushbu voqea jurnalistlar xavfsizligi va matbuot erkinligi masalalarini yana bir bor dolzarb qilib qo‘ydi.
Tarqalgan videoqarslarga ko‘ra, Isroil harbiylari jurnalistning ko‘zini bog‘lab, qo‘llariga kishan solgan holda harbiy mashinaga olib ketishgan. Mahalliy manbalarning xabar berishicha, o‘sha kuni Durada yana kamida 13 nafar falastinlik hibsga olingan va ularning barchasi noma’lum tomonga olib ketilgan.
Qayd etilishicha, Isroil rejimi kuchlari avvalroq ham, yani 2023 yil 29 dekabrda Dura shahrida Montaser Nassar va uning operatoriga nisbatan kuch ishlatib, ularni kaltaklagan edi. O‘shanda hech qanday ogohlantirishsiz amalga oshirilgan hujum oqibatida jurnalistlar tan jarohati olib, ularda ko‘karishlar qolganligi aytilgandi.
Source: www.aljazeera.com