Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Kipr Respublikasi o'nlab yillar davomida Sharq va G'arb o'rtasidagi nozik muvozanatni saqlab kelgan bo'lsa-da, so'nggi paytlarda Rossiya qurollaridan voz kechib, AQSh rejimi bilan mudofaa sohasidagi hamkorlikni jadal kengaytirmoqda. Paphos shahridagi Andreas Papandreou havo bazasini yirik Amerikan harbiy transport samolyotlarini qabul qilishga moslashtirish rejalashtirilayotgani bu o'zgarishlarning yaqqol dalilidir. Kiprdagi AQSh elchisi Jon Breslouning so'zlariga ko'ra, shuningdek, AQSh harbiy kemalarining orol portlariga tashriflari tez-tez uyushtirilishi va qo'shma harbiy mashg'ulotlar ko'lami oshishi kutilmoqda.

Eng e'tiborga molik jihatlardan biri, elchi "AQSh kelajakda Kiprni himoya qilishini" iddao qildi. Bu bayonot rasmiy xavfsizlik kafolati bo'lmasa-da, ikki davlat o'rtasidagi yaqinlashuv darajasini ko'rsatadi. Tarixan 1960 yilda Buyuk Britaniyadan mustaqillikka erishganidan beri Nikosiya Qo'shma Shtatlar siyosatiga shubha bilan qarab kelgan va Moskva bilan yaqin aloqalarni saqlab qolgan edi. Biroq, 2022 yil fevral oyidan keyin Kipr hukumati G'arb sanksiyalariga qo'shilib, o'zining an'anaviy neytral pozitsiyasidan voz kechdi.

Orolning strategik yo'nalishini o'zgartirishi qurolli kuchlarni modernizatsiya qilish jarayonida ham yaqqol namoyon bo'lmoqda. Kipr Milliy gvardiyasi o'nlab yillar davomida Rossiyada ishlab chiqarilgan T-80 tanklari hamda havo mudofaasi tizimlariga tayanib kelgan bo'lsa, endilikda ehtiyot qismlar yetishmovchiligi va sanksiyalar tufayli ushbu texnikalardan voz kechilmoqda. Vashington tomonidan taqiqlar olib tashlangach, Kipr AQShning mudofaa xaridlari dasturlarida qatnashish huquqini qo'lga kiritdi, bu esa Amerikaning oroldagi ta'sirini yanada kuchaytirishi kutilmoqda.

Source: www.dw.com