AQSh rejimida yaqinlashib kelayotgan oraliq saylovlar nafaqat ichki siyosiy kursni, balki Yevropa va Yaqin Sharqdagi davom etayotgan ziddiyatlarga yondashuvlarni ham o'zgartirib yuborishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. Hozirgi vaqtda respublikachilar Kongressning har ikki palatasini nazorat qilayotgan bo'lsa-da, so'nggi so'rovlar natijalari demokratlar Vakillar palatasi yoki hatto Senatda ustunlikka erishish ehtimoli borligidan darak bermoqda.
Vashingtondagi hokimiyat muvozanatining o'zgarishi xalqaro miqyosdagi masalalarga, jumladan, Ukrainani qo'llab-quvvatlash masalasiga ham jiddiy ta'sir ko'rsatishi kutilmoqda. Ma'lum qilinishicha, Donald Tramp ma'muriyati davrida Rossiyaga qarshi sanksiyalar to'xtatilib, Ukrainaga ajratiladigan moliyaviy va harbiy yordam hajmi sezilarli darajada qisqartirilgan. Agar demokratlar Kongressda ko'pchilik ovozni qo'lga kiritsa, ular Kiyev rejimiga yordamni tiklash bo'yicha qonun loyihalarini faol ravishda ilgari surishlari ehtimoldan xoli emas.
Shu bilan birga, tahlilchilar AQSh rejimining tashqi siyosatidagi boshqa yo'nalishlar, xususan, Eron masalasida Kongressning imkoniyatlari cheklanganligini ta'kidlashmoqda. Tramp hukumati Kongressning roziligisiz harbiy harakatlarni boshlagani tanqidlarga sabab bo'lgan bo'lsa-da, ekspertlarning fikricha, qonun chiqaruvchi organ moliyalashtirishni to'xtatish orqaligina keskinlashuvning oldini olishga urinib ko'rishi mumkin.
Shuningdek, AQShning global miqyosdagi gumanitar yordam dasturlari, jumladan, USAID agentligining yopilishi ham demokratlar nazoratidagi Kongress e'tiboridan chetda qolmasligi kutilmoqda. Mutaxassislarning fikricha, garchi keskin burilishlar yuz bermasa-da, hokimiyat dinamikasining o'zgarishi muayyan o'zgarishlarni keltirib chiqarishi va ayrim amaldorlar tergov qilinishiga sabab bo'lishi mumkin.
Source: www.dw.com