Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Janubiy Karolina shtatining Maunt-Plezant shahridagi mahalliy baliqchilar va krevetka ovlovchilar og'ir iqtisodiy sharoitlar hamda AQSh rejimining bahsli qarorlari tufayli chuqir tanglikni boshdan kechirmoqda. 49 yildan buyon dengizda mehnat qilib kelayotgan Mark Marhefka ob-havo prognozlari va Milliy okean va atmosfera boshqarmasi (NOAA) ma'lumotlariga tayanib ish ko'rishini, biroq so'nggi paytlarda bu tizimlar qisqartirilayotganidan xavotirda ekanini aytmoqda. Uning ta'kidlashicha, joriy yil boshidan buyon NOAA o'z xodimlarining qariyb 20 foizini yo'qotgan va byudjetni qisqartirish rejalari davom etmoqda.

Baliqchilar uchun nafaqat tabiiy omillar, balki yoqilg'i narxining keskin oshishi ham jiddiy bosh og'rig'iga aylangan. Marhefkaning so'zlariga ko'ra, AQSh rejimining amaldagi rahbarligi ostida dizel yoqilg'isi narxlari ikki baravarga qimmatlashgan va sentyabr oyida shtatda rekord darajadagi ko'rsatkichlarga yetgan. Shuningdek, import qilinadigan arzon krevetkalar bilan raqobat ham mahalliy tadbirkorlarni qiyin ahvolda qoldirib, ko'plab baliqchilik xo'jaliklarini kasodga uchrashiga sabab bo'lmoqda.

Siyosiy doiralarda esa bu muammolar bo'yicha fikrlar ikkiga bo'lingan. Ayrim ishchilar demokratlar nomzodi Anni Endryus qimmatchilikni yumshata olishiga umid qilsa, boshqalar respublikachilarni qo'llab-quvvatlashga majbur ekanini, chunki ular demokartlarning moliyaviy qarorlariga to'la ishonmasligini bildirishmoqda. Biroq, ko'plab kichik biznes egalari va faxriy baliqchilar siyosatchilarning quruq va'dalaridan charchaganini va mamlakatdagi umumiy iqtisodiy bosim ularni tor doiraga solib qo'yganini ta'kidlashmoqda.

Source: www.aljazeera.com