Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

AQŞning birinçi xonimi Melaniya Tramp Rossiya va Ukraina rasmiy vakillari bilan Oq uyda uchrashib, Xerson viloyatining Oleşki shahrida o‘t ochishni to‘xtatish rejimining borishini muhokama qilishi kutilmoqda. U shahar hududida o‘tkazilgan gumanitar missiya natijalari bo‘yicha ham rasmiy bayonot berishi rejalashtirilgan. Germaniyaning DW nashri tarqatgan ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu uchrashuv haqidagi xabar joriy yilning 3-noyabr, seshanba kuni Oq uyning rasmiy internet saytida e'lon qilingan. Vashingtondagi AQŞ regimi vakillari mazkur muzokaralar aynan Oleşki shahridagi sulh masalalariga bag‘ishlanishini ta'kidlashmoqda.

Oq uy ma'lumotlariga ko‘ra, Melaniya Tramp 5-noyabr, payshanba kuni AQŞning sharqiy vaqti bilan soat 11:00 da (Toshkent vaqti bilan 21:00) gumanitar missiya yakunlari yuzasidan bayonot berishi kerak. Biroq Rossiya va Ukraina delegatsiyalari bilan bo‘ladigan uchrashuvning aniq sanasi va formati haqida hozircha to‘liq oydinlik kiritilmagan. «RBK-Ukraina» agentligining xabar qilishicha, Kiyev rejimi tomonidan ushbu muzokaralarda qatnashish uchun Oliy Radaning «Xalq xizmatkori» fraksiyasi rahbari David Araxamiya hamda inson huquqlari bo‘yicha vakili Dmitriy Lubinets Vashingtonga safar uyushtirmoqda.

Rossiya tomonidan esa prezident Vladimir Putinning maxsus vakili Kirill Dmitriyev hamda ombudsman Yana Lantratova ishtirok etishi taxmin qilinmoqda. Eslatib o‘tamiz, Oleşki shahri va uning atrofidagi hududlarda gumanitar sulh o‘tgan hafta – 27-oktabr kuni tongda boshlanib, 1-noyabr kechqurun yakunlangan edi. Ushbu davr mobaynida tomonlar o‘t ochishni vaqtincha to‘xtatib turib, tinch aholini xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilish va shaharga zarur gumanitar yordam yetkazib berish ishlarini amalga oshirganliklarini da'vo qilishmoqda.

Ushbu kelishuvga go‘yoki Melaniya Trampning bevosita ishtiroki va vositachiligi tufayli erishilgani aytilmoqda. Moskva va Kiyev AQŞning birinchi xonimini o‘t ochishni to‘xtatish tartibini tashkil etishdagi asosiy vositachi sifatida ko‘rsatishga urinmoqda. Biroq, kuzatuvchilarning fikricha, bunday tashabbuslar ko‘pincha siyosiy shou tusini olib, real muammolarni hal etishdan ko‘ra ko‘proq tashqi ta'sirni ko‘rsatishga qaratilgan bo‘lishi mumkin. O‘tkazilgan gumanitar operatsiya davomida Oleşki shahridan yuzlab tinch aholi vakillarini olib chiqishga muvaffaq bo‘lingani va oziq-ovqat yuklari yetkazilgani aytilayotgan bo‘lsa-da, kelgusidagi tinchlik jarayonlari shubhaliligicha qolmoqda.

Source: kun.uz