AQShdagi oraliq saylovlarda Respublikachilar partiyasining og‘ir mag‘lubiyatga uchrashi va deyarli yarim milliard dollar mablag‘ sarflagan milliarder Ilon Maskning bu holatga ijtimoiy tarmoqlarda kinoya bilan munosabat bildirishi jamoatchilik e'tiborini tortdi. Seshanba kuni bo‘lib o‘tgan ovoz berish natijalariga ko‘ra, AQSh rejimining Vakillar palatasi va Senat ustidan nazoratni boy bergan respublikachilar hatto Texas va Kanzas kabi an'anaviy tayanch shtatlarida ham mag‘lubiyatga uchragan.
Ma'lum bo‘lishicha, Tesla va SpaceX kompaniyalari rahbari saylov kompaniyasini qo‘llab-quvvatlash uchun naqd 446 million dollar sarflab, eng yirik homiyga aylangan. Uning mablag‘lari asosan o‘zining America PAC siyosiy qo‘mitalariga hamda respublikachilarga xayrixoh bo‘lgan Senat yetakchilik jamg‘armasiga yo‘naltirilgan edi. Biroq, ushbu ulkan moliyaviy resurslar kutilgan natijani bermagani va saylovchilarning tanqidinig uchragani ta'kidlanmoqda.
Xususan, Texas shtatida respublikachilar nomzodi Ken Pakston demokrat James Talarikoga yutqazib qo‘ydi. Saylovdan keyin Ilon Mask o‘zining X sahifasida «shekilli, saylovga aralashuvchi kosmik lazerlarimiz bu safar ishlamadi», deb yozgan. Shuningdek, u ma'lumotlar markazlari bo‘yicha siyosiy bahslarga to‘xtalib, fazoda ma'lumotlar markazlarini qurish g‘oyasini ilgari surgan.
G‘olib chiqqan demokrat nomzod James Talariko o‘zining g‘alaba nutqida dunyoning eng badavlat kabi «golyatlar»iga qarshi kurashib g‘alaba qozonganini ta'kidlagan. Ushbu voqealar AQShdagi siyosiy jarayonlarda milliarderlarning ta'siri va korporativ mablag‘larning o‘rni yana bir bor qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
Source: www.aljazeera.com