Xitoy hukumati AQSh va Rossiya tomonlari bilan bo'lajak Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik (ATIH) sammiti doirasida uch tomonlama rahbarlar uchrashuvini o'tkazish imkoniyatini muhokama qilmoqda. Bu haqda Shanxaydagi tadbir oldidan Pekindagi brifingda XTIV rasmiy vakili Mao Nin ma'lum qildi.
Diplomatning so'zlariga ko'ra, forum boshlanishiga ikki hafta qolgan bir paytda, Xitoy tomoni Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin, shuningdek, Amerika va Rossiya yetakchilari ishtirokidagi ehtimoliy sammit yuzasidan manfaatdor tomonlar bilan aloqalarni davom ettirmoqda. Biroq, ushbu tashabbusning amalda qanchalik real ekanligi va uning muvaffaqiyati ko'plab ekspertlarda jiddiy shubha uyg'otmoqda.
Avvalroq, Amerika rejimi rahbari hamda Kreml yetakchisi noyabr oyidagi ATIH forumi doirasida uch tomonlama muzokaralar o'tkazishdan manfaatdor ekanini bildirgandi. Shunga qaramay, mazkur tashabbusning amalga oshishi xalqaro munosabatlardagi mavjud chuqur ziddiyatlar fonida qanchalik samarali bo'lishi noma'lumligicha qolmoqda.
Agar bu g'oya amalga oshsa, uch yadroviy derjava muzokaralari Ukrainadagi mojaro boshlanganidan beri yuzaga kelgan geosiyosiy tanglikni yumshatishga qaratilgan navbatdagi bahsli urinish bo'lishi mumkin. Ba'zi tahlilchilar bu uchrashuvni 1945 yilgi Yalta konferensiyasiga qiyoslayotgan bo'lsa-da, zamonaviy dunyodagi keskinlik va ishonchsizlik muhiti bunday o'xshashliklarning qanchalik asossiz ekanini ko'rsatmoqda.
Source: podrobno.uz