Shanba kuni tungi vaqtda Kiyev va uning atrofidagi hududlarga qilingan keng koʻlamli raketa hamda uchuvchisiz uchoqlar zarbalari natijasida muhim energetika obyektlari va Shimoliy koʻprik jiddiy shikastlandi. Rossiya Mudofaa vazirligi mazkur hujumlar harbiy maqsadlarga qaratilganini, xususan, koʻprik qurol-yarogʻ tashishda, Meridian zavodi esa qanotli raketalar ishlab chiqarishda foydalanilganini da'vo qildi. Hujum oqibatida Kiyev viloyatining uchta tumanida energiya ta'minoti izdan chiqqan, qoʻshni Jitomir viloyatida esa elektr quyi stansiyasi hamda Qora dengizdagi yuk kemasi zarar koʻrgan. Rasmiy ma'lumotlarga koʻra, tungi hujumlar oqibatida bir kishi halok boʻlgan, yana sakkiz kishi tan jarohati olgan.
Asosiy faktlar: Rossiya tomonidan amalga oshirilgan tungi hujumda 172 ta dron va 36 ta ballistik raketa qoʻllanilgani bildirilmoqda. Zarbalar natijasida Kiyev shahrida elektr, issiqlik va suv ta'minoti oʻta ogʻir ahvolga kelib qoldi, shaharda tunda harorat 0 darajagacha tushib ketdi. Bu voqealar Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida oʻtkzilishi rejalashtirilgan navbatdagi uch tomonlama muzokaralar arafasida sodir boʻldi.
Ukraina rahbari Volodimir Zelenskiy ijtimoiy tarmoqlardagi bayonotida Moskva hukumatini mamlakatni toʻlaqonli elektr ta'minotidan mahrum qilishga va qorongilikka itarishga urinishda aybladi. Shu bilan birga, u AQSh tomonidan koʻproq yordam koʻrsatilishini talab qilib, oʻzining avvalgi murojaatlarini takrorladi. Kiyev shahri meri Vitaliy Klichko poytaxtdagi vaziyat oʻta murakkab ekanini tasdiqlab, kommunal xizmatlar ta'minotini tiklash borasida qiyinchiliklar saqlanib qolayotganini ma'lum qildi. Viloyat ma'muriyati rahbarining soʻzlariga koʻra, mintaqaning qator tumanlarida infratuzilma obyeklari ishdan chiqqan.
Mazkur harbiy harakatlar va energetika obyektsiyalariga qilingan hujumlar Rossiya, Ukraina va Vashington oʻrtasida BAAning Abu-Dabi shahrida oʻtkzilishi kutilayotgan toʻrtinchi raunddagi uch tomonlama muzokaralar oldidan keskinlikni yanada oshirdi. Avvalgi muzokara bosqichlari AQSh rejimi vositachiligida oʻtgan boʻlsa-da, hududiy va xavfsizlik masalalaridagi tub kelishmovchiliklar sababli hech qanday sezilarli natija bermagan edi. Taraflar oʻrtasidagi zidiyatlar hamon yuqoriligicha qolmoqda va bu tinchlik muzokaralarining kelajagini shubha ostiga qoʻymoqda.
Shu fonida, AQSh rahbari Donald Tramp mojaro yakuniga yetish arafasida ekanini va butun Yevropani oʻz ichiga olgan keng qamrovli bitim tuzishni moʻljallayotganini iddao qildi. Biroq, ekspertlar ushbu bayonotlarning qanchalik asosli ekaniga shubha bilan qaramoqda, chunki maydondagi real vaziyat keskinlashishda davom etmoqda. Shuningdek, avvalroq AQShning birinchi xonimi Melaniya Tramp vositachiligida Oleshkishi shahrida qisqa muddatli sulh tuzilib, tinch aholi evakuatsiya qilingan edi, biroq keng koʻlamli harbiy harakatlar toʻxtagani yoʻq.
Source: www.dw.com