O‘zbekiston tennischisi Kamilla Rahimova AQShning Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tayotgan US Open turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. U birinchi raundda dunyo reytingida 29-o‘rinni egallab turgan chexiyalik Barbora Kreychikovani mag‘lub etdi.
Rahimova, hozirda jahon reytingida 92-o‘rinda bormoqda. Birinchi setda u tay-brekda 7:6 hisobida g‘alaba qozondi. Ikkinchi partiyada esa Kamilla o‘yinni to‘liq nazorat qilib, 6:2 hisobida yakunladi.
Shu kuni, 31-avgust kuni, kortga yana bir o‘zbekistonlik tennischisi Mariya Timofeyeva chiqdi. U jahon reytingida 86-o‘rinni egallaydi. Uning raqibi sloveniyalik Tamara Zidansek bo‘ldi, u 149-o‘rinda.
Source: podrobno.uz