Jahongir Mirpulatov Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Foto: Soliq qo‘mitasi
Mirpulatov Jahongir Muzapparovich Soliq qo‘mitasi raisining tegishli buyrug‘i bilan Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.
Tayinlanishidan oldin u Soliq qo‘mitasining Yuridik shaxslarni xizmat ko‘rsatish departamenti direktori lavozimida ishlagan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Toshkent shahar soliq organlarini tanqid qilib, shahar soliq boshqarmasi boshlig‘i Yunusjon Nasimjonovni lavozimidan ozod qilish, uning faoliyatini o‘rganish va qonun ustuvorligini ta’minlashni buyurgan edi.
Source: https://kun.uz/ru/news/2026/02/13/naznachen-rukovoditel-tashkenskogo-gorodskogo-nalogovogo-upravleniya