Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi yig‘ilishda uyushma rahbariyatining faoliyati yangi tashabbuslarning yo‘qligi va sohadagi qoniqarsiz ko‘rsatkichlar uchun tanqid qilindi.
Iqtisodiy o‘sish sur’atlarini oshirishga bag‘ishlangan majlisda "Uzcharmsanoat" rahbariyati soha rivojiga yangi yondashuvlarni kiritmaganligi va joylarda samarali ishni ta’minlamaganligi ta’kidlandi. Shu sababli, uyushma raisi Akbar Sultonovni lavozimidan ozod etish buyurildi.
Ma’lum qilishicha, 972 ta poyabzal ishlab chiqarish korxonalaridan 378 tasi faoliyatini to‘xtatgan, yana 120 tasi o‘z quvvatlarining yarmidan kamini ishlatmoqda. Kalish, bog‘ich va aksessuarlar kabi yo‘nalishlarda importga qaramlik saqlanib turmoqda.
Natijada, o‘tgan yil yakunlarida e’lon qilingan 250 million dollarlik eksportning hatto 40 foizi ham ta’minlanmagan. Joriy yil uchun ishlab chiqarish va eksport rejasi ham qoniqarsiz deb topildi.
Akbar Sultonov uyushma raisi lavozimiga 2024-yil noyabr oyida tayinlangan edi.
Source: kun.uz