Milliy statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, 2026-yil 1-fevral holatiga O'zbekistonda 18 513 ta xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona faoliyat yuritmoqda. Korxona ochish bo'yicha yetakchilar Xitoy, Rossiya va Turkiya hisoblanadi.

Foto: Shutterstock

Umumiy xorijiy investitsiyali korxonalar sonidan 4 282 tasi qo'shma korxonalar, 14 231 tasi esa xorijiy korxonalardir.

Yetakchilar uchligi: Xitoy — 5 218 korxona, Rossiya — 3 190, Turkiya — 2 149 korxona.

Shuningdek, yuqori o'rinlarni Qozog'iston (1 221), Janubiy Koreya (699), Afg'oniston (647), Birlashgan Arab Amirliklari (413), Tojikiston (410), Hindiston (394) va Ozarbayjon (368) egallaydi.

Statistikaga ko'ra, so'nggi 5 yil ichida xorijiy investitsiyali korxonalar soni 1,9 baravar oshgan. Xorijiy korxonalar ulushi 55,1 foizdan 76,9 foizga ko'tarilgan.

Mutaxassislarning fikricha, bu ko'rsatkichlar mamlakatda investitsiya iqlimining yaxshilanishi va xorijiy investorlar faolligining oshishidan dalolat beradi.

Source: kun.uz