Che tili va umumiy fanlar bilim darajasini aniqlovchi milliy va xalqaro sertifikatlar ro'yxatiga o'zgartirish va qo'shimchalar loyihasida, kasbiy ta'lim o'qituvchilariga til sertifikatlari uchun oylik qo'shimcha to'lovlar belgilash taklif etilmoqda.

Loyihaga ko'ra, kasbiy ta'lim muassasalarining o'qituvchilari, chet tilli guruhlarda (rus guruhlaridan tashqari) umumiy kasbiy va maxsus fanlarni chet tilida o'qitganda, lavozim maoshiga qo'shimcha to'lov olishlari mumkin.

Xususan, B2 darajali sertifikat uchun oylik qo'shimcha to'lov 50 foiz, C1 darajali sertifikat uchun esa lavozim maoshining 100 foizi miqdorida belgilanishi taklif etilmoqda.

Shuningdek, loyihada ta'lim darajalari nomlarini yangilash va sertifikatlar ro'yxatini kengaytirish ko'zda tutilgan.

Xususan, "Musiqa madaniyati" va "Jismoniy tarbiya" fanlari o'qituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini baholovchi milliy sertifikatlarni ro'yxatga kiritish rejalashtirilgan. Ushbu sertifikatlar uchun minimal daraja B+ belgilanishi ko'zda tutilgan.

Taklif etilayotgan o'zgartirishlar umumiy o'rta va kasbiy ta'lim tizimida malakalash va rag'batlantirish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan.

Source: kun.uz