Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, respublikada dam olish kunlari (juma, shanba, yakshanba) ob-havo o‘zgaruvchan bo‘lishi kutilmoqda. Juma kuni O‘zbekiston bo‘yicha asosan quruq va iliq ob-havo hukmron bo‘lib, kunduzgi harorat +25…+30 daraja oralig‘ida bo‘ladi. Biroq, ba’zi hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.

Shanba-yakshanba kunlari esa ob-havo yanada murakkablashadi. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi ehtimoli mavjud. Harorat foni biroz pasayib, shanba kuni shimoli-g‘arbiy hududlar va cho‘l zonasida, yakshanba kuni esa respublikaning barcha hududlarida kunduzgi harorat +20…+25 darajani tashkil etadi. Kechalari harorat +12…+17 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

Shamol tezligi 7−12 m/s bo‘lib, ba’zi joylarda 13−18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Ayrim hududlarda shamol chang-to‘zonlar bilan birga kuzatilishi mumkin. Toshkent shahrida juma va shanba kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi, kunduzgi harorat +27…+29 daraja bo‘ladi. Yakshanba kuni esa poytaxtda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, shamolning 10−12 m/s tezlikda kuchayishi va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin, harorat esa +21…+23 darajaga tushadi.

Source: www.gazeta.uz