Toshkentning Chilonzor tumanidagi halqa yo‘lida voyaga yetmagan piyodani urib yuborish holati qayd etildi. Lacetti avtomobili yuqori tezlikda yo‘l chetiga chiqib ketgan va avval metall ustunlar, yo‘l to‘siqlarini ag‘darib, daraxtni qulatgan, so‘ngra bolani urib yuborgan. Hodisa videokuzatuv kameralariga tushib qolgan.
Natijada 11 yoshli bola miya chayqalishi, boshning yopiq jarohati va oyoqlarining ko‘plab lat yeyishi bilan kasalxonaga yotqizilgan. Zarbadan so‘ng bola o‘rnidan turishga urinagan, biroq jarohatlari tufayli buni uddalay olmagan. Shifokorlar jabrlanuvchiga zarur yordam ko‘rsatgan – bir necha kunlik statsionar davolanishdan so‘ng uning ahvoli barqarorlashgan va u uyga chiqarilgan.
Tekshiruv shuni ko‘rsatdiki, haydovchi transport vositasini boshqarish huquqiga umuman ega bo‘lmagan. To‘qnashuv vaqtida mashinada yo‘lovchilar ham bo‘lgan. Hozirda avariya aybdori qo‘lga olingan, uning avtomobili jarima maydonchasiga jo‘natilgan. Huquqni muhofaza qilish organlari uni javobgarlikka tortish uchun materiallarni yig‘ishni yakunlamoqda.
Source: podrobno.uz