Bugun, 14 fevral kuni Toshkentning bir qator tumanlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bunga tarmoqlarda rejali ta’mirlash ishlari sabab bo‘lgan.
Yakasaroy tumani (soat 10:00 dan 15:00 gacha) – “Damariq” mahallasi;
Mirobod tumani (soat 10:00 dan 15:00 gacha) – Kichik Beshgo‘ch ko‘chasi;
Bektemir tumani (soat 11:00 dan 16:00 gacha) – “Ustozlar” mahallasi;
Mirzo Ulug‘bek tumani (soat 10:00 dan 18:00 gacha) – “Podshobog‘” mahallasi.
Ta’mirlash ishlari tugagach, gaz ta’minoti qayta tiklanadi. Tuman gaz ta’minoti bo‘limi aholiga yetkazilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi.
Source: podrobno.uz