Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Namanganda Majburiy ijro byurosi xodimlari sud qarorlari asosida xavfli yoki noqonuniy deb topilgan yuzlab dori vositalari va tibbiy buyumlarni yo‘q qildi. Gap sifatı tasdiqlanmagan yoki muomalaga noqonuniy kiritilgan preparatlar haqida ketmoqda.

Byuro ma'lumotlariga ko‘ra, muomaladan olingan tibbiy mahsulotlar yoqib yuborildi. Jarayon tegishli davlat va nazorat tuzilmalari vakillari ishtirokida o‘tkazildi, bu esa shaffoflik va barcha belgilangan tartiblarga rioya etilishini ta'minladi.

Jami oltita ijro hujjati bo‘yicha 340 turdagi dori vositalari va tibbiy buyumlar yo‘q qilindi, ularning umumiy qiymati taxminan 3,2 milliard so‘mni tashkil etdi.

Avvalroq Nukusda Majburiy ijro byurosi xodimlari katta hajmdagi noqonuniy spirtli mahsulotlarni yo‘q qilgan edi: deyarli 6 ming litr tayyor alkogol va 2 ming litrdan ortiq etil spirti.

Source: podrobno.uz