Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Toshkent, Yunusobod tumanidagi Bodomzor yo‘li ko‘chasida daraxt qulashi oqibatida gaz quvuri shikastlandi. Hodisa tufayli bir qator mahallalarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi.

“Xududgaz Poytaxt” ma’lumotlariga ko‘ra, “Yangi Tarnov”, “Mirzo Ulug‘bek”, “Firdavsiy”, “Buyuk Turon” va “MKAD” mahallalaridagi 150 ga yaqin xususiy uy, shuningdek, uchta ko‘p qavatli uy (640 xonadon) va 100 ga yaqin yirik iste’molchilar gazsiz qoldi.

Hozirda gaz quvurini tiklash ishlari olib borilmoqda. Ta’mirlash tugagach, gaz yetkazib berish qayta tiklanadi va aholi oldindan xabardor qilinadi.

Source: podrobno.uz