Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Mastercard va Osiyo taraqqiyot banki (OTB) Samarqandda bo‘lib o‘tgan 59-yillik OTB yig‘ilishida strategik hamkorlikni kengaytirishni e’lon qildi. Ikki yil avval imzolangan anglashuv memorandumi asosida yangilangan kelishuvlar raqamli ekotizimlarni mustahkamlash, moliyaviy tizimlarning barqarorligini oshirish va mintaqada inklyuziv iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishga qaratilgan.

Yangi majburiyatlar OTB vitse-prezidenti Bhargav Dasgupta va Mastercard xizmatlar bo‘yicha bosh direktori Kreyg Vosburg o‘rtasidagi uchrashuvda rasmiylashtirildi. Tomonlar kiberxavfsizlik, sun’iy intellektni moliyaviy sektorda joriy etish va Markaziy Osiyo mintaqasida kichik biznesni raqamlashtirish kabi uchta asosiy yo‘nalishda hamkorlik qilishga kelishdilar.

Birinchi yo‘nalish – kiberxavfsizlik va kiberrazvedkani rivojlantirish. Mastercardning texnologik yechimlari yordamida OTB xususiy sektorining due diligence jarayonlarini kuchaytirish va portfel monitoringini doimiy ravishda yaxshilash rejalashtirilgan. Bu muhim raqamli infratuzilma va moliyaviy sektordagi investitsiyalarni himoya qilishga xizmat qiladi.

Ikkinchi yo‘nalish – sun’iy intellektni moliyaviy sektorda o‘qitishdan amaliyotga joriy etish. OTB va Mastercard hamkorlikda moliyaviy institutlar uchun trening dasturlari, “sandbox” muhitlari va amaliy sun’iy intellekt yechimlarini ishlab chiqishadi. Bu operatsion samaradorlikni oshirish, risklarni boshqarish va mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashga qaratilgan.

Uchinchi yo‘nalish – Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik (CAREC) dasturi doirasida ta’sirni kengaytirish. O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Armanistonda mikrokichik va o‘rta korxonalarni (MKO) raqamlashtirish va moliyaviy xizmatlarga kirishni kengaytirish rejalashtirilgan. Bir necha ming mikrokorxona va raqamli yechimlardan faol foydalanuvchilarni qamrab olish ko‘zda tutilgan.

OTB vitse-prezidenti Bhargav Dasgupta: “OTB rivojlanayotgan mamlakatlarda barqaror va inklyuziv moliyaviy tizimlarni rivojlantirishga intiladi. Mastercard bilan hamkorlik kiberxavfsizlik, sun’iy intellekt va kichik biznesni raqamlashtirish kabi dolzarb muammolarni hal qilishda ekspertizamizni birlashtirish imkonini beradi”, dedi.

Mastercard xizmatlar bo‘yicha bosh direktori Kreyg Vosburg: “Mastercard OTB bilan hamkorlikni chuqurlashtirishdan faxrlanadi. Texnologiya, ma’lumotlar va kiberxavfsizlik bo‘yicha ekspertizamizni OTBning rivojlanish mandati bilan birlashtirib, moliyaviy institutlarga innovatsiyalarni mas’uliyat bilan joriy etish va mustahkam raqamli iqtisodiyot qurishda yordam beramiz”, dedi.

Source: kun.uz