Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Hurmatli o‘quvchilar, bir necha kundan so‘ng, 11-avgust kuni Gazeta nashri 18 yoshga to‘ladi. Bu yillar davomida biz “Yangiliklarimiz xalq uchun” tamoyiliga sodiq qolgan holda minglab yangiliklar, reportajlar, intervyu va tahliliy maqolalar chop etdik.

Tahririyat jamoasi sifatida biz ayrim maqolalarimiz muhim ijtimoiy muammolarga e’tibor qaratishga va shahar hamda mamlakat hayotidagi ijobiy o‘zgarishlarga xizmat qilganidan faxrlanamiz. Bu yutuqlarimizning zamirida sizning ishonchingiz va qo‘llab-quvvatlashingiz turibdi.

Shu munosabat bilan biz sizga murojaat qilmoqchimiz: Gazeta siz uchun nimani anglatadi? Ehtimol, biror maqolamiz sizga biror mavzuni tushunishga yordam bergan yoki sizni chuqur o‘ylantirgan. Balki sizning sevimli muallifingiz borki, uning har bir maqolasini intiqlik bilan kutgan va birinchilardan bo‘lib o‘qigan bo‘lsangiz.

O‘z hikoyangizni @GazetauzMuloqotBot Telegram botimiz orqali yozib yuboring. Bu bizning 18 yoshimiz uchun eng qimmatli sovg‘a bo‘ladi. Sizning fikrlaringiz va xotiralaringiz biz uchun juda muhim.

E’lon qilingan tabriklarning bir qismini yaqin kunlarda sahifalarimizda chop etamiz. Gazeta tarixida sizning o‘rningiz alohida, chunki sizsiz bizning ishimiz ma’nosiz bo‘lardi.

Source: www.gazeta.uz