Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Toshkentda mashhur rus rok guruhi "Mashina Vremeni" 12-dekabr kuni katta konsert dasturini taqdim etadi. Bu haqda tashkilotchilar xabar berdi.

Konsertda guruhning bir necha avlodlar uchun musiqa tarixining bir qismiga aylangan qo'shiqlari yangraydi: "Povorot", "Za tex, kto v more", "Kostyor", "Marionetki", "Odnajdi mir prognetsya pod nas" va boshqa xitlar.

Tadbir Olbilet.uz platformasida chiptalar sotuvga chiqarilgan. Tashkilotchilar barcha muxlislarni ushbu unutilmas kechada ishtirok etishga taklif qilmoqda.

Eslatib o'tamiz, "Mashina Vremeni" guruhi o'zining uzoq yillik tarixi davomida ko'plab muxlislarga ega bo'lib, ularning qo'shiqlari hanuzgacha sevib tinglanadi. Konsert dasturi guruhning eng yaxshi asarlaridan tashkil topgan.

Source: uznews.uz