Qirg‘izistonda haydovchilarning tajovuzkor xatti-harakatlari uchun jarima va huquqdan mahrum qilish taklif qilinmoqda
Qirg‘iziston Respublikasida haydovchilar o‘rtasidagi yo‘ldagi nizolar va jismoniy to‘qnashuvlarga qarshi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Loyiha yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soladigan tajovuzkor xatti-harakatlar uchun 10 ming som (taxminan 1,4 million so‘m) jarima va takroriy holatlarda haydovchilik guvohnomasini olti oyga olib qo‘yishni nazarda tutadi.











