Amerika Qo‘shma Shtatlari harbiylari Marokashda o‘tkazilayotgan ko‘p millatli harbiy mashg‘ulotlarda qatnashayotgan ikki askar bedarak yo‘qolganini ma’lum qildi.
AFRICOM (AQShning Afrika qo‘mondonligi) yakshanba kuni bergan bayonotida, askarlar shanba kuni mamlakat janubi-g‘arbidagi Tan Tan shahri yaqinidagi Cap Draa o‘quv maydonida yo‘qolganini bildirdi.
“Hodisa hali tergov qilinmoqda va qidiruv ishlari davom etmoqda”, deyiladi bayonotda.
AFRICOMga ko‘ra, AQSh, Marokash va African Lion yillik mashg‘ulotlarida ishtirok etayotgan boshqa davlatlar quruqlik, havo va dengiz vositalarini jalb qilgan holda qidiruv-qutqaruv operatsiyalarini boshlagan.
African Lion AQShning Afrikadagi eng yirik yillik qo‘shma harbiy mashg‘uloti bo‘lib, Marokash, Gana, Senegal va Tunis tomonidan o‘tkaziladi. Uning maqsadi “ishtirokchilar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va Afrika hamda dunyo bo‘ylab inqiroz va favqulodda vaziyatlarga javob berishga tayyorgarlikni oshirish” ekani aytilmoqda.
Source: www.aljazeera.com