Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev farmoni bilan Roman Sklyar Prezident Administratsiyasi rahbari etib tayinlandi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Farmonga ko‘ra, Sklyar 2022-yil yanvaridan buyon egallab kelgan bosh vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgan. U yangi lavozimda “boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan” vazifasidan ozod etilgan Aybek Dadebayning o‘rnini egalladi.

Dadebay 2024-yil fevralidan beri Prezident Administratsiyasiga rahbarlik qilib kelayotgan edi. Prezident matbuot kotibi Aybek Smadiyarovning ma’lum qilishicha, Dadebay endilikda ijtimoiy-siyosiy faoliyat bilan shug‘ullanadi.

“Qasim-Jomart Toqayev Aybek Dadebayga samimiy minnatdorlik bildirdi. Ma’lumki, mamlakatda keng ko‘lamli siyosiy kampaniya kutilmoqda. Ushbu mas’uliyatli paytda davlat rahbarining shaxsiy topshirig‘iga binoan Aybek Arkabayuli ijtimoiy-siyosiy ishlar bilan shug‘ullanadi”, — deb yozdi Smadiyarov.

Roman Sklyar 1971-yil 8-mayda Pavlodarda tug‘ilgan. U turli yillarda industriya va infratuzilmani rivojlantirish vaziri, bosh vazir o‘rinbosari va bosh vazir vazifasini bajaruvchi lavozimlarida ishlagan.

Source: www.gazeta.uz