Vladivostokdagi sud uch nafar O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan jazoni og‘irlashtirib, ularni 8 yilu 6 oyga ozodlikdan mahrum qildi. Mahkumlar plyajda bir qizni guruh bo‘lib zo‘rlaganlikda ayblangan.
Jinoyat 2024-yil iyun oyida Lazurnaya buxtasi hududidagi kafe yonida sodir bo‘lgan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyada noqonuniy bo‘lgan to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosi qizga pichoq bilan tahdid qilib, zo‘rlagan. Jinoyatdan so‘ng ular mamlakatni tark etmoqchi bo‘lgan, ammo Vladivostok aeroportida ushlangan. Ayblanuvchilardan biri sud jarayoni boshlanishidan oldin vafot etgan.
2025-yil may oyida uch nafar ayblanuvchi 5 yildan 5,5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilingan. Prokuratura jazoni haddan tashqari yumshoq deb hisoblab, ustidan shikoyat qilgan. Bir necha qayta ko‘rib chiqishdan so‘ng tuman sudi jazoni 6 yil — 6 yilu 10 oygacha oshirgan, biroq nazorat idorasi yana apellyatsiya bergan.
Natijada sud prokuratura dalillarini qabul qilib, har bir mahkumga umumiy tartibdagi axloq tuzatish koloniyasida 8 yilu 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq uch nafar o‘zbekistonlik “Match TV” jurnalistiga hujum va zo‘rlash uchun jazo olgan: ikki kishi 9 yilga, uchinchisi 4 yilga hukm qilingan.
Source: podrobno.uz