Cholpon-Otada bo‘lib o‘tgan tadbirda Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlatlari rahbarlari bilan birga Qirg‘izistondagi birinchi xalqaro darajadagi golf klubining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi.
Prezidentlar klubda yaratilgan zamonaviy sport va turistik infratuzilma bilan tanishdilar. Yangi majmua golfni ommalashtirish va sport turizmini rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Davlat rahbarlari prezident Sodiq Japarov va qirg‘iz xalqini yangi ob’ekt ochilishi bilan tabriklab, mamlakatning turistik salohiyatini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli loyihalarni amalga oshirishda muvaffaqiyat tiladilar.
Source: www.uznews.uz