Misr terma jamoasi va "Liverpul" hujumchisi Mohamed Salah Jahon chempionati oldidan jarohat olgan navbatdagi futbolchiga aylandi. 33 yoshli forvard Angliya Premyer-ligasining "Kristal Pelas"ga qarshi o'yinida (3:1) son mushaklarini jarohatlab, maydonni tark etdi.
Misr futbol assotsiatsiyasi direktori Ibrohim Hasan ma'lum qilishicha, Salah to'rt hafta davomida davolanadi va klub mavsumi uning uchun yakunlangan. Biroq u Jahon chempionatiga tayyor bo'lishi kutilmoqda. "Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot esa futbolchining holatini kuzatish kerakligini ta'kidladi.
Salah 2018 yilgi Jahon chempionati oldidan ham yelkasidan jarohat olgan, ammo tiklanishga ulgurgan edi. Misr terma jamoasi 2026 yilgi turnirda Belgiya, Yangi Zelandiya va Eron bilan G guruhida to'p suradi.
Jarohat olgan boshqa yulduzlar qatorida "Barselona" vunderkindi Lamin Yamal (son mushagi), Germaniya darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen (son mushagi), "Bavariya" vingeri Serge Gnabri (son mushagi), Braziliya hujumchisi Rodrigo (tizza) va Eder Militao (son mushagi), Fransiya hujumchisi Ugo Ekitike (Axill tendon), Yaponiya sardori Vataru Endo (to'piq) va Takumi Minamino (tizza) bor.
Jahon chempionati 11 iyundan boshlanadi va bir qancha jamoalar asosiy o'yinchilarining tiklanishiga umid qilmoqda. Ispaniya, Braziliya va Germaniya kabi favoritlar o'z yulduzlarining turnirga tayyor bo'lishiga ishonmoqda.
Source: www.aljazeera.com