Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Filippinlardagi eng faol vulqon – Mayon tog‘i otilishi natijasida o‘nlab qishloqlar evakuatsiya qilindi, deya xabar berdi rasmiy manbalar yakshanba kuni.

Filippin vulqonologiya va seysmologiya instituti (Phivolcs) o‘z veb-saytida e’lon qilgan ogohlantirishda “yuqori darajadagi magmatik faollik” qayd etilgani, lava oqimlari bir necha kilometrga cho‘zilgani aytilgan.

Institut 3-darajali ogohlantirish e’lon qilib, vulqon krateridan 6 kilometr radiusda doimiy xavfli zona belgilangan va unga qat’iy rioya qilish kerakligi ta’kidlangan.

Phivolcs, shuningdek, tosh qulashi, ko‘chki va o‘rtacha kattalikdagi portlashlar yuz berishi mumkinligi haqida ogohlantirib, 24 soat ichida 32 ta vulqon zilzilasi qayd etilganini ma’lum qildi.

PNA axborot agentligi xabariga ko‘ra, poytaxt Maniladan taxminan 330 km janubi-sharqda joylashgan Mayon atrofidagi 52 ga yaqin qishloq shanba kundan beri tushgan kuldan zarar ko‘rgan.

Filippin Tinch okeanining “Olmos halqasi” deb ataluvchi, ko‘pincha vulqon otilishi va zilzilalar sodir bo‘ladigan yoriqlar yoyida joylashgan. 2463 metr balandlikdagi Mayon mamlakatdagi eng faol vulqon hisoblanadi.

Uning eng dahshatli otilishi 1814 yilda sodir bo‘lib, 1200 dan ortiq odam halok bo‘lgan. 1993 yildagi otilishda esa 79 kishi hayotdan ko‘z yumgan.

Source: www.dw.com