Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Xitoyning Xunan provinsiyasidagi Chansha shahrida joylashgan pirotexnika zavodida kuchli portlash yuz berdi. Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar soni 21 nafarga yetgan, 61 kishi jarohat olgan.

Portlash dushanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 16:40 da (Toshkent vaqti bilan 13:40) sodir bo‘lgan. Chansha shahri pirotexnika ishlab chiqarishning yirik markazlaridan biri hisoblanadi.

Voqea sabablari hozircha noma’lum. Rasmiylar tergov olib bormoqda. Prezident Si Szinpin voqeani chuqur tekshirishni buyurgan va xavfsizlik choralarini kuchaytirishni talab qilgan.

Qutqaruv ishlariga 500 ga yaqin xodim jalb qilingan. Uchta robot qidiruv-qutqaruv ishlarida ishtirok etgan. Xavfli hududlardan aholi evakuatsiya qilingan.

Zavod hududida ikkita qora porox ombori bo‘lgani sababli qutqaruvchilar purkash va namlash orqali qo‘shimcha portlashlarning oldini olishga harakat qilgan.

Xitoy rasmiylari pirotexnika kompaniyasi rahbarlariga nisbatan “nazorat choralari” ko‘rilganini ma’lum qilgan, ammo bu choralar nima ekanligi ochiqlanmagan.

Source: www.dw.com