Liviya neft sanoatining muhim obyekti hisoblangan Zaviya shahridagi eng yirik neftni qayta ishlash zavodi ikki kunlik janglardan so'ng to'liq quvvatda ishga tushirildi. Bu haqda zavod rahbariyati bayonot berdi.
Zavod juma kuni og'ir artilleriya hujumlari natijasida to'xtatilgan edi. Operator kompaniya to'rt tankerni portdan evakuatsiya qilishga majbur bo'lgan. Milliy neft korporatsiyasi (NOC) zavod hududiga bir nechta katta kalibrli snaryadlar tushganini, ammo jiddiy zarar yetmaganini ma'lum qildi.
Zavod kuniga 120 000 barrel neft qayta ishlash quvvatiga ega bo'lib, 300 000 barrel quvvatga ega Sharara koni bilan bog'langan. NOCning ta'kidlashicha, Tripoli va uning atrofidagi hududlarga yoqilg'i yetkazib berishga ta'sir ko'rsatilmagan.
Zaviya shahridagi janglar turar-joy massivlariga tarqalib, vaziyatni yanada murakkablashtirgan. Mahalliy xavfsizlik idorasi bu harakatlarni “qonunsizlarga qarshi xavfsizlik operatsiyasi” deb atagan.
Liviya 2011-yilda Muammar Qaddafiy hokimiyatdan ag'darilganidan beri beqarorlikdan aziyat chekmoqda. Zaviya shahri vaqt-vaqti bilan Tunis chegarasiga olib boruvchi yo'lni to'sib qo'yadigan to'qnashuvlarga guvoh bo'lmoqda.
Source: www.aljazeera.com