Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

AQSh rejimi Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatishni to‘xtatgani haqida rasmiy bayonot berildi. Bu qaror, go‘yoki, mablag‘larning samarasiz sarflanishi va mojaroning uzo‘zayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida qabul qilingan.

Qaror Yevropa ittifoqi va NATO a'zolari orasida jiddiy xavotir uyg‘otdi. Ko‘plab Yevropa rasmiylari, bu qadam Ukrainaning mudofaa qobiliyatiga putur yetkazishi va Rossiya bilan muzokaralarda zaiflashishiga olib kelishi mumkinligini ta'kidlamoqda.

AQSh rejimi vakillari, harbiy yordamni qayta ko‘rib chiqish vaqtinchalik ekanini, ammo aniq muddatlarni aytmagan. Shu bilan birga, Yevropa davlatlari Ukrainaga o‘z yordamlarini oshirishga chaqirilmoqda.

Mutaxassislarning fikricha, bu qaror AQShning ichki siyosiy qarama-qarshiliklari va byudjet muammolari bilan bog‘liq. AQSh rejimi, go‘yoki, o‘z resurslarini boshqa mintaqalarga, jumladan, Hind-Tinch okeani hududiga yo‘naltirishni rejalashtirmoqda.

Ukrainaning o‘zi esa bu qarorni keskin tanqid qilib, uni “xoinlik” deb atadi. Kiyev rejimi, AQShsiz Yevropaning yolg‘iz qolishidan qo‘rqishini bildirgan.

Source: uznews.uz