Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Venesuelada 24-iyun kuni sodir bo‘lgan ikkita kuchli zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 1719 kishiga yetdi. Bu haqda 29-iyun kuni Milliy Assambleya raisi Xorxe Rodriges ma’lum qildi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 5034 kishi jarohat olgan, 15 866 nafar aholi esa uy-joyini yo‘qotgan. Zilzilalar magnitudasi 7,2 va 7,5 bo‘lib, mamlakat shimolida, Karakasdan g‘arbda ro‘y bergan.

Ikki zilzila orasidagi farq bor-yo‘g‘i 39 soniyani tashkil etgan va ular so‘nggi 125 yildagi eng kuchli silkinishlar bo‘lgan. Keyinroq o‘nlab aftershoklar qayd etilgan, bu vayronagarchilikni yanada kuchaytirgan.

Eng katta zarar La-Guayra shtatiga yetgan, bu yerda xalqaro aeroport va mamlakatning eng yirik dengiz porti joylashgan. Turar-joy binolari va infratuzilma ob’ektlari shikastlangan. Venesuela hukumati favqulodda holat e’lon qilgan.

AQSh Tsunami haqida ogohlantirish milliy markazi ma’lumotiga ko‘ra, bu noyob seysmik hodisa – “seysmik duplet” bo‘lib, ikki kuchli zilzila deyarli bir vaqtda bir xil yoriq zonasida sodir bo‘lgan.

Source: kun.uz