Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Tunis terma jamoasining sakkiz nafar futbolchisi Jahon chempionatida doping testida ijobiy natija berdi. Jamoa turnirdagi barcha uchrashuvlarda mag‘lub bo‘lgan edi.

Testlarda nafas yo‘llarini kengaytiruvchi va Butunjahon antidoping agentligi (WADA) tomonidan taqiqlangan moddalar ro‘yxatiga kiritilgan klenbuterol aniqlangan. Biroq rasmiylar ushbu modda jamoaning Meksikadagi bazasida iste’mol qilingan mahalliy go‘sht orqali organizmga tushgan bo‘lishi mumkinligini ma’lum qilgan.

Futbolchilarning klublari xabardor qilingan, ammo ularga nisbatan qo‘shimcha jazo choralari qo‘llanilishi dargumon. Ba’zi mamlakatlarda, jumladan Meksikada, klenbuterol chorvachilikda hayvonlarning o‘sishini tezlashtirish uchun ishlatiladi.

Ilgari ham sportchilarning organizmiga ushbu modda oziq-ovqat orqali o‘tgan holatlar qayd etilgan. 2011-yilda Meksikadagi yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida 109 nafar futbolchi ijobiy natija ko‘rsatgan, ammo FIFA va WADA oziq-ovqat ifloslanishi sabab jazo qo‘llamagan.

Tunis terma jamoasi turnirda Shvetsiyaga (1:5), Yaponiyaga (0:4) va Niderlandiyaga (1:3) yutqazib, muvaffaqiyatsiz ishtirok etdi. Birinchi o‘yindan so‘ng federatsiya bosh murabbiy Sabri Lyamushini ishdan bo‘shatdi – Tunis jahon chempionatlari tarixida ilk o‘yindan keyin murabbiyini almashtirgan birinchi davlat bo‘ldi.

Source: kun.uz