Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Filippinlar vitse-prezidenti Sara Dutertega nisbatan impichment sud jarayoni poytaxt Manilada boshlandi. Bu ish uning siyosiy kelajagini belgilab berishi mumkin.

Poytaxtdagi Senat binosi atrofida minglab politsiya xodimlari safarbar etilgan. Duterte tarafdorlari uning aybdor deb topilishini talab qilib namoyishga chiqqan. Vitse-prezident devoni uning sudda shaxsan ishtirok etmasligini ma'lum qildi.

Vakillar palatasi sobiq prezident Rodrigo Duterte qizini korrupsiya, poraxo'rlik va bir vaqtlar ittifoqchi bo'lgan prezident Ferdinand Markosga suiqasd uyushtirishda ayblab impichment e'lon qilgan edi. Duterte ayblovlarni rad etadi.

Duterte himoyachisi Maykl Poa jurnalistlarga: “Biz, uning advokatlari, bu yerda ayblovlarning asossizligini isbotlash uchun keldik”, dedi.

Duterte o'z bayonotida “shaxsan emas, advokat orqali ishtirok etish javobgarlikni kamaytirmaydi yoki shaffoflik yo'qligini anglatmaydi”, deb ta'kidladi.

Bir necha oy davom etishi mumkin bo'lgan sud jarayoni natijasi Duterte 2028 yilgi prezidentlik saylovlarida qatnasha olishini belgilaydi. 24 o'rinli Senatning uchdan ikki qismi aybdor degan hukm chiqarsagina u vitse-prezidentlikdan mahrum etiladi va saylanadigan lavozimlarda ishlash umuman taqiqlanadi.

Duterte 2028 yilgi saylovlarning asosiy favoriti bo'lib qolmoqda. May oyidagi so'rovnomada respondentlarning 51 foizi unga ovoz berishni rejalashtirganini bildirgan.

Al Jazira muxbiri Barnabi Loning xabar berishicha, Markos ma'muriyatining ikki yilligi to'lmaganidayoq Vakillar palatasi vitse-prezidentni korrupsiyada tekshira boshlagan. “Tekshiruv birinchi impichment shikoyatiga aylandi, keyinroq Oliy sud uni bekor qildi. Ammo endi Duterte ikkinchi impichment shikoyatiga duch kelmoqda”, dedi u.

Duterte va Markos mamlakatning eng qudratli siyosiy sulolalari merosxo'rlari. Ular 2022 yilgi saylovda birgalikda g'alaba qozongan, ammo ittifoq keyinchalik barbod bo'lgan. Sobiq prezident Rodrigo Duterte Xalqaro jinoiy sudga topshirilganidan keyin nizo yanada chuqurlashgan.

Sud jarayoni Senatda ham davom etmoqda. Dushanba kuni Duterte ittifoqchisi senator Rodante Markoleta sud boshlanishi arafasida talonchilikda ayblanib hibsga olindi. May oyida yana bir ittifoqchi senator Ronald “Bato” dela Rosa Senatda g'oyib bo'lgan edi.

Source: www.aljazeera.com