Konor MakGregorning UFC 329 doirasida Maks Xolloueyga qarshi jangi bir daqiqadan ham kam davom etdi. Irlandiyalik jangchi birinchi raundda zarba berishga urinib, yerga noqulay tushdi va tizzasidan jarohat oldi.
2021-yil iyul oyida Dastin Puirye bilan jangda oyog‘ini sindirganidan beri ringga chiqmagan MakGregor hakamga davom eta olmasligini bildirdi. Xollouey esa irlandiyalikning tuzalishini kutib, revansh jangini o‘tkazish mumkinligini aytdi.
Bu ikki jangchi o‘rtasidagi ikkinchi uchrashuv edi: birinchisi 2013-yilda bo‘lib, unda MakGregor bir ovozdan g‘alaba qozongandi. 37 yoshli jangchining faoliyati jarohatlar va sportdan tashqari muammolar tufayli izdan chiqdi.
2024-yil iyunda Maykl Chandlerga qarshi jangi bekor qilingan, chunki MakGregor mashg‘ulotda oyoq barmog‘ini sindirgan. O‘sha yili Irlandiya fuqarolik sudida Nikita Xendni zo‘rlashda aybdor deb topilgan.
2025-yil oktabrda u doping nazoratidan bo‘yin tovlagani uchun 18 oylik diskvalifikatsiya olgan. Asosiy jangdan oldin britaniyalik Peddi Pimblett ham bir daqiqa ichida fransiyalik Benua Sen-Denini bo‘g‘ib yengdi.
Source: www.aljazeera.com