Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Germaniya hukumati soliq firibgarligi, pul yuvish va noqonuniy yo‘l bilan olingan aktivlarga qarshi kurashni kuchaytirish rejasini e’lon qildi. 2027 yilgi federal byudjet loyihasiga ko‘ra, mamlakat taxminan 555 milliard yevro xarajat qilishi va 200 milliard yevro yangi qarz olishi kutilmoqda.

Moliyaviy jinoyatlar tufayli davlat har yili 100-200 milliard yevro yo‘qotadi. Adliya vaziri Stefani Xubig va moliya vaziri Lars Klingbeyl tomonidan ishlab chiqilgan 26 bandli harakat rejasi soliq firibgarligi va pul yuvishga qarshi kurashni kuchaytirishni nazarda tutadi.

Bojxona departamenti qoshida “Soliq va moliyaviy jinoyatlarga qarshi qo‘shma markaz” tashkil etiladi. 1500 ta yangi lavozim yaratilib, sun’iy intellekt yordamida ma’lumotlar tahlili kuchaytiriladi. “Hech kim qo‘lga tushmasligiga ishonch hosil qilmasligi kerak”, dedi Klingbeyl.

Jazoni og‘irlashtirish maqsadida uyushgan soliq firibgarligi uchun maksimal jazo 10 yildan 15 yilgacha oshiriladi. Og‘ir soliq firibgarligi uchun minimal jazo 1 yil qamoqni tashkil etadi. Aktivlarni musodara qilish muddati 180 kungacha uzaytiriladi.

Kriptovalyutalar bilan bog‘liq yangi qoidalar joriy etiladi. 2028 yildan boshlab yillik savdosi 100 000 yevrodan oshadigan tadbirkorlar kassa apparatlaridan foydalanishi shart bo‘ladi. Hukumat soliq jinoyatlariga qarshi kurashdan qo‘shimcha 1 milliard yevro tushum kutmoqda.

Source: www.dw.com